Xoland APLda eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanadi

Eldor Akmurzayev
19 apr 2022, 08:55
“Manchester Siti” “Borussiya D” forvardi Erling Xoland bilan kelishuvga erishdi.

U APLda eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanadi. 21 yoshli norvegiyalik haftasiga 600 ming evro mablag' ishlab topishi aytilmoqda.

“Shaharliklar” Xolandni dortmundliklar bilan tuzgan bitim bandlaridan foydalanib, uni 75 mln evroga sotib olmoqchi. Biroq, hozircha bu ma'lumot rasman tasdiqlanganicha yo'q.

Erling Xoland “Borussiya D” safida 85 o'yinda qatnashib, 82+23 natijaga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Star