Xoland APLda avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Оқил Абдубарноев
16 sen 2022, 23:47
"Manchester Siti" forvardi Erling Xoland APLda avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Norvegiyalik futbolchi ushbu yozda "Borussiya Dortmund"dan 51 mln funt-sterling evaziga "Manchester Siti"ga o'tgandi. 

Xoland avgust oyida beshta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. 

E'tiborli tomoni, hujumchi "shaharliklar" safidagi dastlabki oydayoq ushbu sovrinni qo'lga kiritdi va APLda debyut oyida eng yaxshi deb topilgan 10-futbolchiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Daily Mail