Xitoyning “Chuncin Lifan” klubi keyingi haftada Inestaning transferini amalga oshirishi ma'lum bo'ldi

21 apr 2018, 07:55
“Barselona” yarim himoyachisi Andres Inesta ushbu mavsumni yakunlasa Xitoyga yo'l olishi aniq bo'lib ulgurdi.

AS nashri xabariga ko'ra, 33 yoshli futbolchi “Chuncin Lifan” bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Transfer haqida esa rasman keyingi hafta e'lon qilinadi.

Mazkur kelishuvning asosiy tashkilotchisi “Granada” klubi egasi Czyan Lichjan. U 2017 yilning yanvar oyidan buyon “Chuncin Lifan” klubining 90 % akciyalariga egalik qiladi.

Avvalroq Andresning Xitoyning boshqa bir klubiga o'tishi xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS