Xitoy termasi murabbiyi: "O'zbekiston jismoniy tomondan kuchli"

Xayrulla Xoliqov
11 yanv 2018, 14:59
Xitoyda davom etayotgan U-23 Osiyo chempionatida ertaga 2-tur bahslariga start beriladi.

O'zbekiston U-23 terma jamoasi guruhdagi ikkinchi o'yinni 1-turda Ummonni yirik 3:0 hisobida mag'lub etgan Xitoyga qarshi o'tkazadi. Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Massimiliano Maddolini O'zbekiston bilan bo'ladigan o'yin oldidan shunday dedi:

- "Men shogirdlarimning o'yinidan qoniqyapman va keyingi ikkita bellashuvda ham yaxshi o'ynashimizga ishonch bor. Shuni aytishim kerak, O'zbekiston - yaxshi jamoa, ular jismoniy tomondan kuchli va bu bizga muammo tug'dirishi mumkin. Lekin biz bir jamoa bo'lib o'ynasak, raqib kim bo'lmasin, bu musobaqada istalgan jamoani enga olamiz".

Eslatib o'tamiz, ertaga bo'lib o'tadigan O'zbekiston - Xitoy uchrashuvi bizning vaqt bilan 13:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com