

Hamyurtlarimiz to'p tepayotgan "Beyjing Goan" klubi o'z uyida "Xenan Czyanie"ga qarshi o'ynab g'alabaga erishdi - 3:1. Mezbonlar safida Krimec to'liq o'ynadi, Sergeev esa 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. "Beyjing Goan" 43 ochko bilan mavsumni 5-pog'onada tugatdi.
Anzur Ismoilov faoliyat olib borayotgan "Chanchun Yatai" klubi ham so'nggi turda g'alaba qozondi. "Shanxay Shenxua"ni qabul qilgan jamoa 1:0 hisobida zafar quchib Superligada qolishga erishdi. Ismoilov doimgidek bahsda to'liq o'ynadi. "Chanchun Yatai" 35 ochko bilan mavsumni 12-o'rinda yakunladi.
Xitoy Superligasi. Musobaqa jadvali
"Beyjing Goan" - "Xenan Czyanie" 3:1
Gollar: Renato Augusto 38, Burak Yilmaz 67, 72 - Usmon Sou 87
"Chanchun Yatai" - "Shanxay Shenxua" 1:0
Gol: Shuai Pei 44




