

Oldinroq Gao Xongbo boshchiligidagi jamoa Andorraga qarshi o'ynashi ma'lum qilingandi. Biroq FIFA rasmiy sayti xabariga ko'ra Xitoy 3 iyun kuni Trinidad va Tobago terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Uchrashuv Cinxuandao shahridagi stadionda bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 11 oktyabr kuni Toshkentda Xitoyga qarshi o'ynaydi.



