Xiddink: Abramovichni o'zim mashg'ulotlarga taklif qilaman

Aslanov Jasurbek
31 yanv 2016, 21:18
Chelsi murabbiyi Gus Xiddink Abramovichning jamoa mashg'ulotlariga kelishidan qo'rqmasligini aytib o'tdi.

"Bu normal holat. Menga rahbariyat bilan muloqot qilib turish yoqadi. Abramovich o'tgan hafta bir necha marta mashg'ulotlarga keldi. Vaholanki, uni o'zim chaqirgandim. U futbolni sevadi. Jarayonlarning bir qismi bo'lishni istaydi. Odatda, ho'jayinlar faqat qandaydir ko'ngilsizliklar paytida mashg'ulotlarga keladilar. Bizda esa bunaqa emas. Uning mashg'ulotlarga kelishidan hech qanday bosimni his qilmayman", - deydi gollandiyalik murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com