

"Dastlabki bo'limda jamoa sardori Andres Guardadoni yo'qotganimiz juda og'ir zarba bo'ldi. Garchi uning o'rniga maydonga tushgan Erik Guterres yaxshi o'yin ko'rsatgan bo'lsa ham, rejalarimiz boshqacha tuzilgan edi.
Hozircha bizda imkoniyatlar bor, bundan foydalanib, pley-offga chiqishga harakat qilamiz. Buning uchun Saudiya Arabistoni darvozasiga kamida 3ta gol urishimiz kerak", - dedi Xerardo Martino.



