"Inter Mayami" ustozi: "Messi MLS pley-off bahslarida yaxshi formada bo'ladi deb umid qilamiz"

Aslanov Jasurbek
28 sen 2024, 14:39
"Inter Mayami" bosh murabbiyi Xerardo Martino Lionel Messi hal qiluvchi bahslarigacha yaxshi formaga kirib olishiga umid qilmoqda.

37 yoshli forvard jarohat tufayli 2 oy maydonga tusha olmadi.

"Leo o'yindan-o'yinga yaxshi harakat qilmoqda. Uning jismoniy holati yaxshi, Messi musobaqa ritmiga tushib olishi kerak.

U pley-off o'yinlariga yaxshi formada kirib bormoqda, chunki klub bahslaridan tashqari u terma jamoa safida ham maydonga tushadi. Biz shunga umid qilyapmiz" - dedi Martino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN