Xenderson: "Liverpul" karantin tugaganidan keyin yuqori darajada harakat qilishga tayyor"

Sherzod Nurmatov
22 may 2020, 00:32
"Liverpul" yarim himoyachisi Jordan Xenderson jamoaning tiklanishi kutilayotgan mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rayotgani haqida gapirib berdi.

"Biz jismoniy tayyorgarligimizni iloji boricha yuqori darajada ushlab turishimiz kerak va bu uchun klub tomonidan juda foydali dastur taqdim etilgan.

Bu biz uchun haqiqatdan ham foydali bo'ldi. O'ylaymanki, ko'p yigitlar munosib jismoniy tayyorgarlikka ega va kurashga tayyor. Biz to'xtagan joyimizdan davom etishimiz va yuqori darajada o'ynashimiz lozim", - deydi Xenderson.

Avvalroq, "Liverpul"dan tashqari, MYU ham to'liq tarkibdagi mashg'ulotlarga qaytgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com