Xenderson ketganidan so'ng "Liverpul"ga yangi sardor tayinlandi

Aslanov Jasurbek
1 avg 2023, 00:28
"Liverpul" yangi mavsum uchun sardorlarni e'lon qildi.

Jordan Xenderson "Al Ittifoq"ga ketganidan so'ng Virjil van Deyk "Liverpul"ning asosiy sardori etib tayinlandi.

Jamoaning vice-sardori Trent Aleksander-Arnold.

"Bu men va oilam uchun sharaf. Nimalarni his qilayotganimni so'zlar bilan tushuntira olmayman.

Men va klubim bilan faxrlanishlari uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman" - deydi van Deyk.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: liverpoolfc.com