Xaynkes Bavariya futbolchilarini telefonsiz qoldirdi

Narzulla Saydullayev
19 okt 2017, 14:31
Bavariya ustozi Yupp Xaynkes jamoa futbolchilari uchun yangi qoidalar ishlab chiqdi.

Xaynkes 2012/13 yilgi mavsumda ham shu qoidalarni ishlab chiqqandi, yakunda Bavariya Germaniya chempioni bo'lgan, mamlakat kubogini qo'lga kiritgan va YCHLda zafar quchgandi.

Birinchidan, Xaynkes kiyim almashtirish xonasida telefondan foydalanishni taqiqladi. Endi ular telefondan faqat zarurat bo'lganida foydalana olishadi. Ikkinchidan, muomala va tartib birinchi o'rinda bo'lishi lozim. Futbolchilar klub xodimini ko'rganida u bilan salomlashishi lozim. Bundan tashqari, o'yinchilarkiyinib bo'lgach o'z javonlarini o'zlari to'g'rilab chiqishlari lozim.

Bunga haftada ikki marta jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy bilan mashg'ulotlar ham qo'shiladi. Futbolchilar chidamlilikni oshirish uchun mashq qilishlari kerak.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de