Xavining jamoasi nechta o'yindan buyon yutqazmayapti?

Eldor Akmurzayev
19 fev 2020, 21:34
Kecha, OCHLning 2-turi doirasida Xavi murabbiyligidagi “Al Sadd” (Qatar) o'z maydonida “Sepaxon”ni (Eron) yirik hisobda (3:0) taslim etdi.

Doha shahri klubi ispaniyalik mutaxassis boshqaruvida barcha musobaqalarda qatorasiga 9 o'yindan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmay kelishmoqda. 

8 bahsda “Al Sadd”ning qo'li baland kelgan (5tasida yirik hisob bilan) bo'lsa, Chempionlar Ligasining ilk turi doirasida “Al Nasr”ga qarshi safarda bo'lib o'tgan uchrashuvda jangovar durang (2:2) qayd etilgan. 

Jamoa hozirda OCHLning “D” guruhida 4 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Qatar Yulduzlar Ligasida esa Xavi shogirdlari 14-turdan keyin 30 ochko bilan 3-o'rinda borishmoqda. Shuningdek, “Al Sadd” mamlakat Kubogining chorak finalida Sardor Rashidov o'ynayotgan "Qatar SK"ni penaltilar seriyasida mag'lub etib, yarim finalga yo'l olgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia