
Di Mariya - ajoyib futbolchi. Lekin u "Real" a'zosi hisoblanadi. O'tmishni eslaydigan bo'lsak, "Real"dan "Barselona" yoki aksincha bo'ladigan holatlarda transferlar amalga oshishi juda qiyin kechadi.
Neymar yakshanba kuni maydonga tushish-tushmasligini bilmayman. Neymar jamoamizning muhim o'yinchisi hisoblanadi. Agarda u tusha olmasa, bu katta yo'qotish bo'ladi.