Xavi De Yongning "Barsa"da qolishi uchun unga bitta shart qo'ydi

Оқил Абдубарноев
25 iyul 2022, 20:45
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes Frenki de Yong bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ispan mutaxassisi De Yongga klubda qolishi uchun bitta shart qo'ydi: yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun uning maoshi 50 foizga kamayishiga rozi bo'lish.

Niderlandiyalik futbolchining klubdagi taqdiri mana shu uchrashuvga bog'liq edi. Ma'lum bo'lishicha, ustoz-shogird kelishuvga erishgan. Biroq aniq tafsilotlar e'lon qilinmagan. Ehtimol, Frenki bu masalada yana o'ylab olishi mumkin.

Avvalroq Xavi De Yongni markazda o'ynatmoqchi ekanligi, shuningdek, futbolchiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: AS