

“Afsus, ammo o'zimiz xatolikka yo'l qo'ydik. Bizga tajriba yetishmayapti va chetlatish muammolar keltirib chiqardi. Raqibning kuchli tomonlarini, bizning esa kuchsiz tomonlarimizni ko'rdim. 2-taymda o'yinni o'z nazoratimizda ushlashimiz zarur edi.
G'alaba qozonish uchun ko'proq imkoniyatlar yaratishimiz kerak. Agar o'sishni xohlasak, buni uddalash vaqti keldi. Muhim 2 ochkoni boy berganimdan afsusdamiz.
Boshqalar kabi Lyuk de Yong ham jamoamiz a'zosi hisoblanadi. U professional. U gol urganidan xursandman. Biroq, yuqori maoshlar tufayli bu jihatni ham e'tiborga olib qo'yishimiz lozim.
Tajriba va mahorat o'yin natijasidan kelib chiqadi. Hozir Gavidan ko'proq narsa talab qilolmaymiz”, deydi ispaniyalik mutaxassis.



