Xavi "Barselona"ga bepul o'tadi. U "Al Sadd" o'yinchilari bilan xayrlashishga ham ulgurdi

Aslanov Jasurbek
30 okt 2021, 00:51
Xavi uzil-kesil qaror qabul qildi.

41 yoshli murabbiy bugun "Al Sadd" rahbariyati bilan uchrashdi va ketish borasida kelishuvga erishdi. Jamoa rahbariyati Xavidan yana ikki tur Qatarda qolishni iltimos qildi. Shu sababli ham, 4 noyabrga qadar rasmiy xabar bo'lmaydi.

Bundan tashqari, Xavi klub bilan kichik kelishuvga ham erishdi. Agar uni "Barselona" murabbiylik uchun chorlaydigan bo'lsa, Xavi million dollarlik tovon pulini to'lashi shart bo'lmaydi. Shunday qilib, Xavi o'zining jonajon qlubiga hech qanday to'lovsiz qaytishi mumkin bo'ladi. Murabbiy juma kuni "Al Sadd" futbolchilarga ketish haqidagi qarorini ham e'lon qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport