

"Roberto Manchini hech qaerga kyetmaydi. Klub ham, Roberto Manchinining o'zi ham jamoada qolishi haqida aniq fikr bildirib o'tgandi. Biz ayni paytda mavsumning so'nggi hal qiluvchi qismiga e'tiborimizni qaratishimiz lozim. Oldinda bizni qiyin uchrashuvlar kutib turibdi. Mavsumni ko'tarinki ruhda yakunlash uchun bizda hamma narsa bor. Uchinchi o'rinni qo'lga kirita olishimizga ishonamiz. "Roma"ga qarshi o'yindagi durang bizga o'z kuchimizga bo'lgan ishonchni qaytardi", - deydi Zanetti.



