Jeymi Milner rekord qo'ydi

Mirjalol Normatov
11 yanv 2026, 07:35
"Brayton" yarim himoyachisi Jeyms Milner APLda 25 yildan buyon o'ynayotgan ilk futbolchiga aylandi.

40 yoshli xavbek APLda 2002 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. O'sha yili u "Lids" tarkibida 6 o'yinda ishtirok etgan.

2025 kalendar yilida Milner "Brayton" tarkibida APLning 11 o'yinida qatnashdi. 2026 yili u jamoasi tarkibida "Byornli" hamda "Manchester Siti"ga qarshi o'yinlarda maydonga tushdi.

U faoliyati davomida "Liverpul", "Manchester Siti", "Aston Villa" va "Nyukasl" jamoalari tarkibida harakat qildi. Uning jamoasi bilan kelishuvi 2026 yil yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OptaJoe