Xarri Keyn tarixiy natijani qayd etdi

Khoja
12 mar 2025
Tunda Bavariya Baerni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Gollardan biriga Xarri Keyn mualliflik qildi. Shu tariqa, hujumchi joriy mavsum ECHLdagi 10-golini urdi. Ushbu gol orqali angliyalik hujumchi tarixiy natija qayd etdi. Gap shundaki, hali hech bir angliyalik futbolchi ECHLning bir mavsumida 10 ta gol urishga erishmagan.

Ayni vaqtda hujumchi ECHL to'purarlar poygasida Seru Girassi bilan ikkinchi o'rinda ketmoqda. Birinchi o'rinda esa Rafinya ketmoqda. Barselona hujumchisining hisobida 11 ta gol bor.

Umuman olganda Keyn joriy mavsum 36 ta uchrashuvda 32 ta gol urishga erishdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com