Xarri Keyn - ketma-ket ikki yil APLda 20tadan ko'p gol urgan beshinchi ingliz

Narzulla Saydullayev
21 mar 2016, 08:26
Tottenxem hujumchisi Xarri Keyn APL 31-turida Bornmutga qarshi o'yinda (3:0) dublga erishdi.

Shu tariqa, 22 yoshli futbolchi bu mavsumda chempionatda 21ta gol urdi.

Keyn APLda ketma-ket ikki mavsum 20tadan ko'p gol urgan beshinchi angliyalik futbolchiga aylandi. U o'tgan mavsum 21ta gol urgandi.

Oldinroq Endi Koul, Les Ferdinand, Robbi Fauler va Alan Shirer shunday natijaga erishishgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe