Xamesga APLning yana 3 jamoasi qiziqmoqda

Eldor Akmurzayev
1 apr 2020, 22:00
“Real” yarim himoyachisi Xames Rodriges jamoada qolmasligi ayon bo'lmoqda.

Boisi, yaqinda klub ustozi Zinedin Zidan unga ortiq ishonch bildirmasligi haqda xabar berilgandi.

Kolumbiyalikning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozigacha mo'ljallangan va “qaymoqranglilar” kelishuv yakunlanmasdan oldin uni sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

Marca'ning xabar qilishicha, 28 yoshli futbolchiga “Arsenal”, “Everton” hamda “Vulverxempton” qiziqmoqda.

Avvalroq, berilgan ma'lumotda esa “Man Siti”ga ham Xames kerakligi aytilgandi.

Rodriges joriy mavsum madridliklar libosida 13 bahsda maydonga tushib, 1+2 ko'rsatkichga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca