"Manchester Siti"ga Xames Rodriges kerak

25 mar 2020, 00:15
"Don Balon" xabariga ko'ra, Angliyaning "Manchester Siti" klubi "Real" yarim himoyachisi Xames Rodrigesni eng tez fursatlarda o'z safiga qo'shib olmoqchi.

"Shaharliklar" kolumbiyalik futbolchining transfer huquqini xarid qilishlari yoki portugaliyalik Bernardu Silva bilan "rokirovka"sini amalga oshirishlari mumkin. Eslatib o'tamiz, Xamesga "Everton" va "Vulverxempton" klublari ham anchadan buyon da'vogarlik qilib kelishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Don Balon