Xames "Real"ga qaytmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
24 noya 2017, 11:42
"Real" va Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi, hozirda ijara asosida "Bavariya" sharafini himoya qilayotgan Xames Rodriges "Qirollik klubi"ga qaytmoqchi emas.

Bu haqda Rodrigesning do'sti, kolumbiyalik xonanda Pipi Pelaes ma'lum qildi.

"So'nggi marta Xamesga "Real" haqida savol berganimda, u klubga qaytish niyati yo'qligini aytgandi. Boshqa savol bermadim. Faqat voqealar rivoji borasida gap ochdim. Xames nima bo'lishini bilmayman dedi" - deydi Pelaes.

"Real" va Rodriges o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozigacha amal qiladi. Uning "Bavariya"dagi ijarasi 2019 yilda yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca