Xames "Real"ga qaytishini istasa, "Bavariya" uni ushlab qolmaydi

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2018
Agar "Real" yozda "Bavariya"ga ijaraga berilgan Xames Rodrigesni qaytarmoqchi bo'lsa, myunxenliklar Madrid klubi bilan transfer borasida muzokara o'tkazishga tayyor.

Oldinroq, Xames yana "Real"da o'ynashga qarshi emasligi e'lon qilingan edi. Ammo muammo shundaki, hozir Rodriges "Bavariya"da o'ynaydi va uning 2 yillik ijara shartnomasi bor. Agar myunxenliklar rozi bo'lmasa, "Qirollik klubi" uni qaytara olmaydi.

"Bavariya" rahbariyati Madriddagi hamkasblari bilan yaxshi munosabatni saqlash uchun muzokaralarga tayyor.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca