Xalk Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi o'yinichisi deb topildi

Aslanov Jasurbek
23 okt 2015, 16:41
"Zenit" hujumchisi Xalk UEFA rasmiy saytida o'tkazilgan so'rovnomada haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

Braziliyalik 46% ovoz to'pladi. Undan keyingi o'rinlarni Lukash Podolski (20%) va Ivan Rakitich (15%) egalladilar. Hafta o'yinichisi nomiga Alvaro Morata, Villian, Sofian Feguli va Jekson Martines ham da'vogarlik qilayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA