Xakim Fuzaylov: "Tan olaman bizga omad kulib boqdi"

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2013, 22:41
Bunyodkor - Lokomotiv o'yinidan so'ng ikkala jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Uning dastlabkisida Xakim Fuzaylov ishtirok etdi.

“Bugun chempionat yetakchisiga qarshi o'ynadik. “Bunyodkor”da terma jamoadan bir qator futbolchilar bor. Tan olaman bugun bizga omad kulib boqdi. Chunki “Bunyodkor”da gol urish uchun yaxshi imkoniyatlar ko'p bo'ldi”, - deb gap boshladi Fuzaylov.

- Faqat ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadinglar...


- “Bunyodkor”ning og'riqli nuqtasi himoya. Biz shunga qarab o'ynadik. Aksincha Zoteev va Hasanov yaxshi harakat qiladigan futbolchilar. Raqibni o'yiniga qarab biz ham o'z o'yinimizni tuzdik.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia