Bugundan boshlab klubda rasman sport olamida ko'pchilikka manzur va tanish bo'lgan, zahmatkash jurnalistlardan biri Xayrulla Xoliqov ish boshladi.
Xabaringiz bor, Xayrulla shu kungacha Championat.Asia internet portalida ishlab kelgan hamda O'zbekiston futboli yo'nalishida o'zining o'tkir manoli va tahliliy maqolalari bilan muxlislar ko'nglidan joy olgan. Xayrulla Xoliqov jurnalistika sohasida 10 yildan ziyod tajribaga ega, 2009-2013 yillar davomida Muborakning "Mashal" futbol klubida matbuot kotibi sifatida faoliyat yuritib, futbol shinavandalari nazariga tushgan.
Ma'lum qilamizki, avval klubda matbuot kotibi lavozimida ishlagan Abror Qodirov ayni damda Professional Futbol Ligasi matbuot xizmatida o'z faoliyatini davom ettirmoqda.
Xar ikkala ijodkorga yangi boshlagan ishida muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolamiz.