"Xaddersfild" murabbiyi: "Borussiya"da ishlaganimda, Kloppga Sane iqtidori haqida gapirgan edim"

Aslanov Jasurbek
18 fev 2017, 18:56
"Xaddersfild Taun" bosh murabbiyi David Vagnerning so'zlariga ko'ra, u Dortmundning "Borussiya" klubida ishlayotgan paytida yarim himoyachi Leroy Sane iqtidori haqida Yurgen Kloppga aytgan.

Futbolchi yozda "Shalke-04"dan "Manchester Siti"ga o'tdi.

"Sane haqida avval ham bilar edim. "Borussiya"ga qarshi ishlaganimda Kloppga u haqida aytish mening vazifam edi. Leroy borasida Yurgenga fikr bildirganman, ammo futbolchi "Shalke"ga o'tib ketdi.

Sane hali yosh va juda iqtidorli. Uning so'nggi haftadagi o'yinlaridan biroz hayron bo'ldim" - deydi Vagner.

Joriy mavsumda Sane APLning 13 ta uchrashuvida 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News