Xabib: "Ronalduni Dog'istonga taklif qilish uchun unga qo'riqchilar yollash kerak bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
10 apr 2019, 15:31
Engil vazn bo'yicha UFC chempioni Xabib Nurmagomedov "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan do'stligi haqida aytib berdi.

"MMA olamidan bo'lmagan ko'pchilik bilan muloqot qilaman. Krishtianu Ronaldu bilan ham yozishib turamiz, o'yinlardan keyin muloqot qilamiz.

Uni Dog'istonga taklif qilish? Buni o'ylab ko'rmagan ekanman. U uchun qo'riqchi yollash kerak. Bu yerda Ronalduning hayotiga javob bera olishimni bilmayman. Dog'iston OAVda ko'rsatishganlaridek xavfli emas.

Har qanday xolatda ham u dunyoning eng mashhur sportchisi. Uning hayoti uchun javobgar bo'lishni istamasdim. Qachon bo'lsa ham kelaversin. Uni kutib olishdan xursand bo'laman" - deydi Nurmagomedov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Матч ТВ