

"Men 17 yil futbol o'ynadim va murabbiy bo'lishga qaror qildim, - deydi 35 yoshli Alonso. - Batafsil ma'lumot keyinroq bo'ladi".
Alonso 2016/17 yilgi mavsumdan so'ng futbolchilik faoliyatini yakunladi. U Ispaniya terma jamoasi safida Jahon chempioni bo'ldi va ikki bor Yevropa chempionligiga erishdi. Yarim himoyachi "Real Sosedad", "Eybar", "Real", "Liverpul" va "Bavariya" safida o'ynadi.
Faoliyati davomida ikki bor YCHL, ikki bor UEFA Superkubogini yutgan, Ispaniya, Germaniya chempioni bo'lgan, Angliya, Ispaniya va Germaniya kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan.




