

Bu haqda "TEAMtalk" nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis tayinlansa, o'z shartlarini ham belgilab qo'ygan. Xususan, u jamoada "Real" yarim himoyachisi Arda Gyulerni ko'rishni istaydi.
Turkiyalik xavbek 2023 yili "Fenerbaxche"dan Madrid klubiga 26 mln evroga o'tgan. Uning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan
Gyuler joriy mavsum barcha musobaqalarda 38 o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 12 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 90 mln evro deb baholanmoqda.



