WhoScored portali “Jenoa” – “Atalanta” uchrashuvidan keyin futbolchilarni baholadi

Eldor Akmurzayev
15 may 2021, 21:01
A Seriya 37-turidan o'rin olgan “Jenoa” – “Atalanta” bahsida bergamoliklar 4:3 hisobida g'alabaga erishdi.

WhoScored portali mazkur bahsdagi futbolchilarning harakatini baholadi. Unga ko'ra, gollardan biriga mualliflik qilgan Ruslan Malinovskiy eng yuqori ball (8,8)ga loyiq ko'rilgan bo'lsa, jamoadoshi Duvan Sapata 8,4 ball bilan baholandi.

Zaxiradan o'yinga qo'shilib, dublni rasmiylashtirgan Eldor Shomurodov esa “Jenoa”ning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi – 8 ball.

Shomurodov oxirgi 5 o'yinda 4 ta gol urdi

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: WhoScored