"Vulverxempton" Arturga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2023, 16:43
"Vulverxempton" "Yuventus" yarim himoyachisi Artur Meloni safiga qo'shib olmoqchi.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi Saudiya Arabistonidan foydali taklif bo'lganiga qaramay, "Liverpul"da ijarada o'ynaganidan keyin APLda qolishga qarshi emas. "Yuventus" yana bir bor braziliyalikni ijaraga berishi mumkin, ammo bu safar majburiy sotib olish sharti bilan.

Artur sog'ligi tufayli "Liverpul" safida bor-yo'g'i 1 ta o'yinda (Chempionlar Ligasi) maydonga tushib, 13 daqiqani maydonda o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail