"Volfsburg" Martialni 30 million evroga sotib olmoqchi bo'lgandi

Aziz Tukhtamuradov
12 okt 2015, 22:23
"Manchester Yunayted"ning yosh fransiyalik futbolchisi Antoni Martial o'tgan yozda Bundesligada paydo bo'lishi mumkin edi.

France Football nashrining xabar qilishicha, yozda "Volfsburg" "Monako"ga yosh hujumchi borasida taklif bilan chiqqan. Germaniyaliklar futbolchi uchun 30 million evro to'lashga tayyor bo'lganlar. Biroq, Bundesliga vakillari ushbu taklifga rad javobini olganlar. Yakunda esa yosh hujumchi "Old Trafford"ga yo'l oldi. Manchesterliklar futbolchi uchun 50 million evro to'lashgan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: France Football