​Vohid Xolboev: "Uydagi bahslar osonroq o'tadi"

Mirjalol Normatov
6 avg 2018, 13:16
O'zbekiston Pro-ligasining 19-turi doirasida "Iftixor" (5:1) jamoasiga qarshi uchrashuvdan keyin "Nurafshon" bosh murabbiyi Vohid Xolboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bir oydan keyin biz kutgan onlar boshlandi. Bungacha Dukentda yaxshi tayyorgarliklar olib bordik. Ko'plab sinov-nazorat uchrashuvlarida qatnashdik. Shundan keyin futbolchilarning qanday holatda bo'lishi muammo bo'lib turgandi. Bahs o'z maydonimizda o'tishini hisobga olsak, yigitlarni bunga boshqacharoq tayyorlash kerak edi. Uyda o'ynagandan keyin albatta, o'yinni ko'rgani stadionga muxlislar keladi. Aytmoqchimanki, o'z maydonida o'tadigan bahslar nisbatan osonroq bo'ladi. Bundan oldingi turda shu jamoaga safarda mag'lub bo'lgandik. Unda ham yomon o'yin ko'rsatmagandik. Bu futbol, kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. 

Uzoq vaqt o'yinlarda tanaffus bo'lganidan keyin, barcha futbolchilar bir xilda tayyor bo'lmaydi. Barchaning organizmi xar hil. "Iftixor" ham yomon jamoa emas. Raqiblar bugun yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Ammo, biz bugun raqibdan ko'proq gol urdik. Chiroyli o'ynab, g'alaba qozongani uchun yigitlarga rahmat aytaman", - dedi Vohid Xolboev.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia