Voha derbisi oldidan "Mashal"da katta yo'qotishlar

Aslanov Jasurbek
10 sen 2025, 14:43
Bugun Superliganing 21-turi start oladi.

Ushbu turdagi bahslar orasida "Mashal" hamda "Sho'rtan" o'rtasidagi voha derbisi ham mavjud. "Mashal" matbuot xizmati ertangi derbi oldidan jamoada katta yo'qotishlar borligini ma'lum qildi.

"Darvozabon Doston To'xtaboev, himoyachi Muhammadali Aliqulov, shuningdek yarim himoyachilar Javohir Abdualimov va Dilshod Rahmatullaev derbida jamoaga yordam bera olmaydi" - deyiladi "Mashal" bayonotida.

Eslatib o'tamiz, "Mashal" - "Sho'rtan" uchrashuvi 11 sentyabr kuni 18:30da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fkmashal.uz