"Vodiy futboli": Yoshlar ligasida 4ta o'yinda 1ta durang, 3ta mag'lubiyat

Narzulla Saydullayev
12 sen 2015, 16:17
Kecha yoshlar ligasi doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tdi.

"Navbahor": Yoshlarimiz "Dinamo"ga yutqazishdi

Samarqandda bo'lib o'tgan o'yinda "Dinamo" yoshlari 2:1 hisobida zafar quchishdi. "Navbahor" safida Turg'unboev to'p kiritdi. 

"Navbahor" yoshlari 17 ochko bilan musobaqa jadvalining 14-pog'onasida bormoqda. 

Bugun asosiy tarkiblar o'rtasidagi bahs soat 17:00da boshlanadi. 


"Neftchi": Yoshlarimiz "So'g'diyona" bilan durang o'ynadi

Yoshlar ligasining 21-turida "So'g'diyona" mehmoni bo'lgan yosh "Neftchi" a'zolari 2:2 hisobida durang o'ynashdi. Farg'onaliklar safida Ayvazov va Qurbonov gol urishdi. 

"Neftchi" 27 ochko bilan musobaqa jadvalining 10-o'rinida bormoqda. 

Asosiy tarkiblar o'rtasidagi o'yin bugun 18:00da start oladi. 


"Qo'qon-1912": "Mashal" yoshlariga yutqazdik

Yoshlar ligasi doirasidagi "Qo'qon-1912" - "Mashal" uchrashuvida 2:3 hisobi qayd etildi. Muhammadanas Hasanov va Maruf Zokirjonov qo'qonliklar tarkibida to'p kiritishdi. 

"Qo'qon-1912" yoshlari 29 ochko to'plagan holda 10-o'rinda bormoqda. 

Bugun asosiy jamoalar o'rtasidagi bahs soat 16:30da boshlanadi. 


"Andijon": Yoshlarimiz "Qizilqum"ga imkoniyatni boy berishdi

Yosh "burgutlar" kecha yoshlar ligasida "Qizilqum"ga 1:3 hisobida yutqazishdi. 

"Andijon" safida yagona golni Xondamir Yuldashev kiritdi. Bu o'yinda ikkala jamoa safida 2 nafardan futbolchi qizil kartochka oldi. "Burgutlar" tarkibida Abdugaffarov va Komilov chetlatildi. 

"Andijon" yoshlari 14 ochko bilan musobaqa jadvalining 16-pog'onasida bormoqda. Bugun asosiy tarkiblar o'rtasidagi o'yin 17:00da boshlanadi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia