"Vodil" klubi ustozi: "Safardagi uchrashuvda kuchli raqibga qarshi yomon o'yin o'tkazmadik"

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2019, 22:40
Farg'ona viloyati birinchiligi 4-turidan o'rin olgan “Yozyovon-Lochinlari”(Yozyovon) - “Vodil” (Farg'ona tumani) (4:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Shuhrat Abdurahmonov saytimizga intervyu berdi.

Bugungi raqibimiz Pro-Liga musobqalarida ishtirok etgan va yaxshi shakllangan jamoa edi. Jamoa boshqaruvidagi Salimjon Zokirov ham bir necha yillik tajribaga ega murabbiy hisoblanadi. Bugun qiyin o'yin o'tkazdik. “Yozyovon-Lochinlari” agar shunday o'yin namoyish etsa, mavsum yakunida peshqadamlar safida bo'ladi. Bugun astoydil harakat qildik, jamoamiz yangi tashkil etildi, o'yindan-o'yinga shakllanib bormoqdamiz.

Birinchi bo'limda o'yinimiz qovushmadi. Tanaffus vaqtida shogirdlarimga futbol o'ynash kerakligini, futbolda hamma narsa bo'lishi mumkinligini, 3:0 yutqazib turib, yakunda yutib ketgan jamoalar borligini tushuntirdim. Futbolchilarimiz ikkinchi bo'limda hisobni 3:3 ko'rinishiga keltirishgandi, afsus o'yin so'ngida yana gol o'tkazib yubordik. Umuman olganda safardagi uchrashuvda kuchli raqibga qarshi yomon o'yin o'tkazmadik deb o'ylayman, barchaga rahmat – deydi Shuhrat Abdurahmonov

Bekzod Tolibov yozib oldi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia