"Vodiy futboli". Vodiy klublari 13-turga tayyorlanishmoqda

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2015, 15:32
Oliy ligada ishtirok etayotan vodiy klublari keyingi turga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.
"Navbahor": Jamoa "Qizilqum" bilan o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Namanganning "Navbahor" klubi oliy liganing navbatdagi turi uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda. 18 iyun kuni Navoiyda "Qizilqum"ga qarshi kechadigan bahs "lochinlar" uchun juda muhim hisoblanadi.

Rahmatullo Berdimurodov jamoa mashg'ulotlariga qo'shilgan. U jarohatini davolab engil mashqlarni bajarmoqda. Tarkibda boshqa yo'qotishlar yo'q.


"Andijon": "Bunyodkor" bilan bahs bir kun kech bo'lib o'tadi

Oliy liganing 13-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Bunyodkor" uchrashuvi taqvim bo'yicha 19 iyunda bo'lib o'tishi kerak edi. Biroq "Bunyodkor"ning ko'plab futbolchilari terma jamoaga jalb etilgani bois PFL o'yinni 20 iyunga ko'chirdi.


"Neftchi": Murod Ismoilov va Toxir Kapadze Axrol Inoyatovni tabriklashdi

Bugun O'zbekiston Futbol Federatsiyasi majlislar zalida o'zbek futboli faxriysi, O'zbekistondagi futbol musobaqalarida kelishilgan o'yinlarni aniqlash bo'yicha Ekspertlar Qo'mitasi raisi - Axrol Inoyatovning 70 yoshga to'lgani munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda “Neftchi” vakillari - Toxir Kopadze, Murod Ismoilov ham ishtirok etib Axrol Inoyatovni tug'ilgan kun bilan tabriklashdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia