Voajab! Endi futbol o'rniga loy futboli ko'ramizmi?

Xayrulla Xoliqov
18 may 2020, 17:53
OFK instagram sahifasida loy futbolidan suratlar e'lon qilindi.

Ushbu suratlar Eron shimolidagi Gilan degan joyda olingan. Bunda odamlarning loyda maza qilib to'p tepayotgani tasvirlangan. 

Ma'lumot uchun, Eronda sekin-astalik bilan loy futboli ham rivojlanib boryapti. Bunda futbolchilar to'qqiztadan ikki jamoaga bo'linib o'ynaydi. 

Loy futbolida maydon uzunligi 50 metr, eni 25 metr qilib belgilangan. Eron shimolidagi Gilan va Mazandaranda futbolning bu turi birmuncha rivojlangan.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com