

O'yinchiga "Manchester Siti", "Atletiko", "Yuventus" va "Milan" qiziqish bildirgandi.
"Men "Fiorentina"da qolishga qaror qildim. Shu yerda o'sishimga aminman. Yana ko'plab gollar urishni istayman. Qolgani vaqt bilan keladi", - deydi 21 yoshli futbolchi.
Vlaxovich joriy mavsum A Seriya doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol (2tasi penaltidan) urishga erishdi.
Dushanning klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning transfer narxi 40 million evroni tashkil etadi.



