Vlaxovich foydali taklif sabab A Seriyani tark etishi mumkin

Alisher Ostonov
7 iyun 2025, 16:34
Dushan Vlaxovich "Yuventus"ni tark etishi mumkin.

Serbiyalik futbolchiga Turkiyadan foydali taklif bor. Hujumchi bilan "Fenerbaxche" shartnoma imzolamoqchi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. Dushanning narxi 45 million evroga baholanmoqda.

Avvalroq, Vlaxovich bilan "Milan" shartnoma imzolamoqchi ekanligi xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/AlfredoPedulla