

“Bu mening qarorim edi. Meni o'z safida ko'rmoqchi bo'lgan “Yuventus”ni juda hurmat qilaman. Bir necha yil men turinliklar bilan shartnoma borasida muzokara olib bordim, ammo keyinchalik “Tyanczin”ni tanladim. Bu oson tanlov emasdi. Yashirib o'tirmayman, iqtisodiy jihatdan yaxshi taklif bo'lgani uchun men Xitoy variantini tanladim. Menga bu yurtda dam olganim uchun haq to'lashmaydi. Klub o'ziga xos ananalarga ega va o'z chempionati hamda OCHLda muvaffaqiyatga erishmoqchi. Bunga men ham o'z hissamni qo'shmoqchiman. Fabio Kannavaroning jamoaga murabbiylik qilishi ham bizning baxtimiz”, deydi belgiyalik futbolchi.



