Vinisius: "Real"dami yoki Braziliya terma jamoasida farqi yo'q, ammo Neymar bilan birga o'ynamoqchiman"
Aslanov Jasurbek
28 yanv 2019, 21:45
"Real" yarim himoyachisi Vinisius Juniorning so'zlariga ko'ra, u PSJ hujumchisi Neymarni "Qirollik klubi"da ko'rmoqchi.
"Real"dami yoki Braziliya terma jamoasida farqi yo'q, Neymar bilan o'ynamoqchiman. U faoliyatini "Santos"da boshlaganidan beri tanishmiz. Oramizda hech qanday muammo yo'q.
Meni rohatlantiradigan ikki futbolchi? Neymar va Neymar" - deydi Vinisius.