Vinisius "Real"dagi shaxsiy rekordini o'rnatdi

Mirjalol Normatov
13 sen 2021, 22:49
"Real" hujumchisi Vinisius Junior LaLigada bir mavsumdagi samaradorlik borasida o'zining rekordini o'rnatdi.

Futbolchi ushbu mavsum 3 o'yinning o'zida 4 gol urib bo'ldi. Bunga qadar uning bir mavsumlik eng yaxshi natijasi 3ta golga teng edi.

21 yoshli Vinisius 2018 yildan buyon "Real" tarkibida o'ynamoqda. U umumiy hisobda 122 o'yinda qatnashib, 12 gol va 24 assist qayd etdi. Uning klubi bilan kelishuvi 2024 yilga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia