Vinisius: "Real"da hech kim Messidan qo'rqmaydi"

Aslanov Jasurbek
25 fev 2019, 11:44
"Real" hujumchisi Vinisius Junior "Barselona"ga qarshi Ispaniya Kubogi yarim final javob o'yinidan oldin, raqib hujumchisi Lionel Messi haqida to'xtaldi.

"Messi? Biz hamma narsaga tayyormiz. U ajoyib futbolchi, Leoning maydondagi ishlarini hech kim takrorlay olmaydi, biroq "Real"dagilar undan qo'rqishmaydi" - deydi Vinisius Junior.

"Real" - "Barselona" uchrashuvi 27 fevral kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk bahs 1:1 hisobida yakunlangan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS