Vinisius "Real" futbolchilari bilan hazillashib, Saudiya Arabistoni taklifini muhokama qildi. Braziliyalik asosiy e'tiborini klubda o'ynashga qaratgan, ammo hali kelajagi borasida bir qarorga kelmagan

Alisher
26 fev 2025, 07:11
"Real"da Vinisius Juniorning Saudiya Arabistoniga o'tishi mumkinligini muhokama qilishmoqda.

Vinger hazil tariqasida jamoadoshlari bilan saudiyaliklarning taklifini muhokama qilgan. Ammo, braziliyalik futbolchi hamon kelajagi borasida bir qarorga kelmagan va "Real" bilan shartnomani uzaytirishni ham, klubni tark etishni ham istisno qilmayapti.

Qayd etilishicha, "Real"dagilar Vinisiusga Saudiya Arabistonining taklifi maqul kelmoqda deb hisoblamoqda. Shunga qaramay, futbolchi hamon xotirjam va bor e'tiborini Madrid klubidagi o'yinlariga qaratgan. Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni chempionati vakillari "Real" bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni kuzatib, so'nggi bir necha oy davomida braziliyalik va uning atrofidagilar bilan aloqaga chiqmagan.

Avvalroq, Vinisiusga Saudiya Arabistoni 5 yillik shartnoma bo'yicha 1 mlrd evro berishga tayyorligi, "Real"ga esa 300 mln evro to'lashi mumkinligi ma'lum bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Relevo