Vinisius "Jirona"ga qarshi o'yinda hakamni haqorat qilgani ma'lum bo'ldi

Administrator
2 dek 2025, 23:21
Futbolchi hakamni yomon so'zlar bilan atagan.

Vinisius Junior "Jirona"ga qarshi o'yindagi hakamlikdan g'azablandi.

"Real" qanot hujumchisi Vinisius Junior La Liganing 14-turida "Jirona"ga qarshi o'yinda (1:1) hakamlik qilishdan noroziligini bildirdi.

Movistar Plus’ning El Día Después ko'rsatuvida o'yinning 5-daqiqasida olingan lavhalar namoyish etildi. Braziliyalik futbolchi hakamdan shunday shikoyat qildi: 

"Bu aqldan ozish, bu g'ayritabiiy holat. U birorta ham qoida buzilishini qayd etmadi, bu aqldan ozish. It emgan."

Uchrashuvning bosh hakami Rikardo de Burgos Bengoechea edi. "Real Madrid" ushbu bahsda durang qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Movistar Plus