"Vilyarreal" Emerini iste'foga chiqarishi mumkin

Alisher
26 okt 2021, 11:00
Ispaniyaning "Vilyarreal" klubi jamoaning so'nggi natijalaridan norozi.

"Sariq suvosti kemasi" rahbariyati jamoa ustozi Unai Emeri bilan vaziyat haqida suhbat olib bordi. Murabbiyga holatni to'g'irlash uchun vaqt berildi.

Klub hali keskin o'zgarishlarni amalga oshirmoqchi emas, ammo vaziyat o'zgarmasa, bosh murabbiy iste'foga chiqarilishi mumkin.

Unai Emeri boshchiligidagi jamoa La Ligada 9ta o'yinda 2tasida g'alaba qozondi. Yevropa Ligasining amaldagi g'oliblari ayni damda jadvalda 11 ochko bilan 13-o'rinda borishmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes